» » O‘zbekiston Mehnat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Mehnat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalari tomonidan Mehnat kodeksiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda parlament axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, amaldagi Mehnat kodeksi zamonaviy talablar va rivojlanish tempiga mos kelmaydigan jihatlari bor. Qonunda fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi turli xil shakllarining faol rivojlanishini hisobga olinmagan, ish beruvchilarni, xususan, qo‘shimcha odamlarni mehnatga jalb qilishning sodda shakllarini tanlashga imkon beradigan moslashuvchan ish rejimlaridan keng foydalanish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish masalasi kiritilmagan.

Bugungi kunda mahsulot, tovarlar va xizmatlar uchun mavsumiy talabning oshib borishi yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini qabul qilish zaruratini tug‘dirayotgani ta’kidlangan.

Deputatlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari hamda jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Mehnat kodeksi loyihasini qabul qilish uchun asoslar va undan kutilayotgan natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish kabi normalarni o‘z ichiga oladi.

Unda ish beruvchi subyektlar sifatida mulkiy va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar tashkilotlar, yollash huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlarning alohida tarkibiy bo‘linmalari hamda jismoniy shaxslar belgilanmoqda. Mazkur qoida ishchi o‘rinlarining ko‘payishiga, norasmiy sektorda faoliyat olib boruvchi shaxslarning qisqarishiga hamda ularning huquqlari doimiy ravishda himoya qilinishiga olib keladi.

Shu bilan birga, hujjatda mehnat shartnomasini tuzish bilan bog‘liq ayrim munosabatlar takomillashtirilmoqda. Jumladan, ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yoshga aniqlik kiritilib, ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanmaydigan shaxs toifalari kengaytirilyapti. Mamlakatda yoki mintaqada favqulodda holat yoki karantin choralari e’lon qilinganda xodimning roziligisiz mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish shartlari belgilanmoqda.

Yig‘ilish yakunida “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют