» » JSST rahbari koronavirus pandemiyasi oxirgi pandemiya emasligini ma’lum qildi

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi oxirgi pandemiya emasligini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, dunyo COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatdan xulosa chiqarishi va yangi pandemiyalarga tayyorlanishi kerak. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning asosi hisoblanadi, shuning uchun kasalliklarni aniqlash, oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlarga pul tikish kerak.

“Bu oxirgi pandemiya emas. Tarix bizga shuni uqtiradiki, kasallik tarqalishi va pandemiya hayotning bir qismi sanaladi. Biroq keyingi pandemiya kelganda, dunyo hozirgidan ko‘ra ko‘proq tayyor bo‘lishi kerak”, — deya qo‘shimcha qilgan Gebreyesus.

JSST bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, atipik pnevmoniya, Yaqin Sharq respirator sindromi, qizamiq, poliomelit, Ebola, gripp va boshqa kasalliklar tarqalishidan keyin tayyorgarlik ishlarini olib borgan mamlakatlar hozirgi kunda koronavirus bo‘yicha yaxshi natijalarga erishmoqda.

Mavzuga doir: JSST koronavirusni nazorat qilmasdan cheklovlarning bekor qilinishi falokatga olib kelishidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют