» » Kilian Mbappe koronavirusga chalindi

Kilian Mbappe koronavirusga chalindi


PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening koronavirusga topshirgan testi ijobiy natijani ko‘rsatdi. Bu haqda Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni damda 21 yoshli futbolchi terma jamoa yig‘inida bo‘lib turibdi. Ijobiy tahlillar sabab u Xorvatiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi va klub tasarrufiga qaytadi.

Avvalroq Neymar, Mauro Ikardi, Anxel di Mariya, Leandro Parades va Keylor Navas kabi PSJ futbolchilarida koronavirus aniqlangandi.

Parij klubi 10-sentabr kuni Liga 1 doirasida “Lans”ga qarshi o‘yin o‘tkazishi belgilangan, biroq mazkur holat sabab ushbu o‘yinni o‘tkazish masalasi savol ostida qolmoqda.

PSJ Chempionlar Ligasidagi ishtirok sabab Fransiya chempionatining dastlabki ikki turini o‘tkazib yuborgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют