Yeezy o‘rgimchakka o‘xshash shippak ishlab chiqaradi. Yangi model multfilm qahramonlari poyabzalini esga soladi
Kanye Uest, Yeezy brendining yangi modelini taqdim qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu safar krossovka emas, adidas YEEZY 450 Slide, Ophani nomli oq rezina shippaklar taqdim qilinadi, deb yozadi Esquire.
Quyma penomaterialdan ishlangan mazkur shippaklar ko‘rinishi o‘rgimchakni esga soladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan spider-men deb atalgan Ophani, pokemon va multfilm qahramonlari poyabzaliga ham o‘xshatilgan.
Ta’kidlanishiga qaraganda, 27-dekabrda taqdim etilishi kutilayotgan yangi modelning narxi 65 dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq, reper Twitter sahifasida Yeezy Bost krossovkalarining yangi modeli surati bilan bo‘lishgan va futurustik uslubdagi poyabzallar foydalanuvchilar tomonidan kesilgan kartoshka va baliq skeletiga o‘xshatilgandi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
