» » Vazirlar Mahkamasi qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi

Vazirlar Mahkamasi qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi


Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Norma.

Hujjat Prezidentning 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, nizom Prezidentning 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga, dehqon xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ularning filiallari va ilmiy tajriba stansiyalari yer maydonlariga tatbiq etilmaydi.

Nizomga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, “Davyergeodezkadastr”ga qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan maydonlarning konturlar kesimidagi elektron xaritalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga har yili 1-sentabrga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish natijalariga muvofiq tumanlarni va hududlarni (massivlarni) ixtisoslashtirish bo‘yicha aniq takliflarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib borish vazifasi topshirildi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish quyidagilarga asoslanadi:

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan davlat boshqaruvi organlari, xususan qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, “Davyergeodezkadastr” hamda boshqalarning qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali joylashtirish tizimini tashkil etish, ularni joylashtirish bo‘yicha ishlarning monitoringini yuritish vazifalari ham belgilangan.

Hujjat 2020-yil 25-avgustda kuchga kirdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют