» » O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar fuqarolar, fermerlar va investorlarga beriladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar fuqarolar, fermerlar va investorlarga beriladi


Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar tasdiqlandi:

Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi, mazkur konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

2020—2030-yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari;

2019—2022-yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari.

Konsepsiya eksperiment tariqasida 2019-yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida amalga oshiriladi. 2019-yil 1-noyabrgacha konsepsiya boshqa hududlarga ham joriy etiladi.

Konsepsiyani amalga oshirish doirasida irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tiklash, rekonstruksiya qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka chidamli ekinlarni ekish orqali foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi:

qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, lalmi va o‘rmon fondi yerlari — fuqarolar va qishloq xo‘jaligi korxonalariga;

yaylov, bo‘z, ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar – fuqarolarga, qishloq xo‘jaligi korxonalari va mahalliy investorlarga.

Yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish, yerga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi ijaraga berish huquqi beriladi.

Mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‘larning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют