» » Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan 23 yoshli qizga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan 23 yoshli qizga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Namanganda 30 va 33 yoshli erkakni sababsiz do‘pposlagan qizga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-iyun kuni soat 17:30 da 23 yoshli G.A. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Norin tumani “Zarbdor” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 33 yoshli U.A.ni hech bir sababsiz qasddan qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab tan jarohati yetkazgan.

Bundan tashqari, G.A. o‘zining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, bezorilik harakatlarining oldini olayotgan 30 yoshli A.N.ga faol qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘llari bilan qasddan bir necha marotaba urgan.

Holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoroda o‘zaro janjallashayotgan fuqarolarni ajratmoqchi bo‘lgan ayolning o‘zi kaltaklangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Samarqand viloyatida ayol aroqxo‘r erini urib o‘ldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют