» » Samyuel Eto’O: Eden Azar va Lionel Messi bir xil darajadagi futbolchilar

Samyuel Eto’O: Eden Azar va Lionel Messi bir xil darajadagi futbolchilar


“Barselona” sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O Ispaniya chempionatining yangi mavsumidan nimalar kutayotganini aytdi.

“Barselona” La Liga yangi mavsumining chempioni bo‘ladi. Biroq men qadrdon jamoam “Malyorka” La Ligaga qaytishini ko‘proq xohlayapman.

Messini o‘g‘limdek ko‘raman, uning “Barselona”da qolganidan xursandman. Ammo ularga “Barselona” o‘yin uslubiga mos keladigan o‘yinchilar kerak.

Azar Messi bilan bir xil darajada. Buskets yana yuqori saviyadagi o‘yin namoyish qilishini istardim. “Barselona” top-darajada o‘ynashni boshlasa har doim sovrinlar yutadi.

Samyuel Eto’O, sobiq futbolchi

Kamerunlik futbolchi 2004—2009-yillar mobaynida “ko‘k-anorranglilar” safida to‘p surgan.

Azar La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi. Messi esa Primeradagi 33 o‘yinda 25 gol urdi va 23 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют