» » Namanganda yangi tuman tashkil etilmoqda

Namanganda yangi tuman tashkil etilmoqda


Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumani qaytadan tashkil etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 8-sentabrda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Davlatobod tumani tarkibiga Namangan shahrining “Yuksalish”, “Navro‘z”, “Nurobod”, “Gulshan”, “Orzu”, “Porloq”, “Navbahor”, “Mustaqillik”, “To‘quvchi”, “Umid”, “Yangi tong”, “Xalqlar do‘stligi”, “Davlatobod”, “Quyi G‘irvon”, “Yuqori G‘irvon”, “O‘rta G‘irvon”, “Bog‘”, “Elobod”, “Gulobod”, “Irvadon”, “Shishakil, “Quyi Rovustonl, “O‘rta Rovuston”, “Yuqori Rovuston” va “Yelxon” mahallalari hududlari o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar hududda yangi infratuzilma obyektlari barpo etilishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining yanada yaxshilinishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi davomida Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini qayta tashkil etish taklifini bergandi.

“Namangan shahrida bugungi kunda rasman 630 ming kishi istiqomat qilmoqda. Amalda 800 mingdan ko‘p. Millionchi shahar bo‘lish yaxshi, mana, Samarqand ham bunga intilyapti. Lekin aholi soni ko‘paygan sari shunga yarasha hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar ko‘lami ham ortib boradi. Shu bois Namangan shahrida Davlatobod tumanini qayta tashkil etish taklif qilinmoqda”, — degan edi Prezident.

Ma’lumot uchun, Davlatobod tumani Namangan shahri tarkibida 1995-yilda sobiq Sovet tumani negizida qayta tashkil etilgan bo‘lib, Oliy Majlis Senatining 2003-yil 12-dekabrdagi qaroriga asosan tugatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют