» » Samarqandda 19 yoshli haydovchi Lacetti’da 7 yoshli bolani urib yubordi. Bola voqea joyida vafot etdi

Samarqandda 19 yoshli haydovchi Lacetti’da 7 yoshli bolani urib yubordi. Bola voqea joyida vafot etdi


Samarqand viloyatida 19 yoshli haydovchi Lacetti’da 7 yoshli bolani urib yuborib uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 7-sentabr kuni soat 15:00 larda, Samarqand viloyati, Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy, ichki avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 19 yoshli haydovchi Sh.M. Lacetti’ni boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 7 yoshli S.S.ni urib yuborgan.

Oqibatda bola og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

YTH yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют