» » Urgutda “Moskvich” haydovchisi velosipeddagi 5 yoshli bolani urib yubordi. Bolakay kasalxonada vafot etdi

Urgutda “Moskvich” haydovchisi velosipeddagi 5 yoshli bolani urib yubordi. Bolakay kasalxonada vafot etdi


Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Moskvich” haydovchisi yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan 5 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 17-avgust kuni soat taxminan 16:00 larda Urgut tumani “Ipakli” mahallasining ichki yo‘lida yuz bergan. “Moskvich-412”ni boshqarib ketayotgan 29 yoshli M.A. velosipedda yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan 5 yoshli Z.Sh.ni urib yuborgan.

Bola olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют