» » O‘zbekistonda import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

O‘zbekistonda import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020—2021-yillardagi amaliy harakatlar rejasi” e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imini joriy etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, elektrotexnika sanoatida energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligiga erishish, mudofaa sanoatida yangi avlod elektrotexnika mahsulotlari va sanoat jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Milliy brend ostida standartlashtirilgan traktor modellarini ommaviy ishlab chiqarish, “Lean menejment”, “Kaydzen”, “5S”, “Kanban” texnologiya va standartlari asosida kamxarj usullarda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida, ba’zi kam samarali korxonalar tarkibini qayta qurish va bir turdagi texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish ham mo‘ljallanmoqda.

Shu bilan birga, Koreyaning Ilg‘or texnologiyalar instituti (KAIST), Tokio Ilg‘or texnologiyalar instituti (Yaponiya), “Nanyang” texnologiya universiteti (Singapur), Sinxua universiteti (Xitoy) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish orqali davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida Toshkentda sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, elektronika va elektrotexnika sohasidagi mustaqil o‘quv yurtini tashkil qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda ayrim transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют