» » Rossiyada o‘zbek migrantlari uchun kasb va til o‘rgatish to‘garaklari yo‘lga qo‘yiladi

Rossiyada o‘zbek migrantlari uchun kasb va til o‘rgatish to‘garaklari yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbek migrantlari uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida kasb va til o‘rgatishga mo‘ljallangan to‘garaklar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda pandemiya sharoitida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash muvzusidagi matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Mahmudov ma’lum qildi.

Pandemiya erta bahor oylariga to‘g‘ri kelganligi sababli 500 mingdan ortiq mavsumiy migrantlar chet davlatlarga ishga keta olmadi. Bu bilan O‘zbekistonda ishsizlar soni keskin oshib ketdi. Oldingi yillar mahalliy mehnat bozorida mavsumiy ishchilar soni 10-11 ming bo‘lgan bo‘lsa, aynan pandemiya sababli bu yil 100 mingacha oshirdik. Bundan tashqari chetga ketayotgan migrantlarni kasb va tilga o‘rgatish bo‘yicha ham viloyat, tuman markazlarida to‘garaklar joriy qilindi. Migrantlarning asosiy qismi Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Korea va Yevropa davlatlariga ketishayotgani uchun, shu davlatlarning tili o‘rgatiladi. Bularning sonini yil yakuniga qadar 136 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, xorijga ishlashga ketgan va ishini yo‘qotgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida va boshqa bir kasbga doir o‘quv markazlar bilan shartnoma qilgan holda to‘garaklar yo‘lga qo‘yiladi. Bu to‘garaklar O‘zbekistonda “temir daftar”da turadigan fuqarolar uchun bepul tarzda amalga oshiriladi.

Temur Mahmudov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i 

Tadbirda aytilishicha, migrantlarning asosiy qismi Rossiyada ishlayotganligi uchun bu tizim boshlab shu davlatda yo‘lga qo‘yiladi va keyinchalik boshqa davlatlarda ham amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Rossiyada chet elliklarga o‘z uylarida migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют