» » OzbekgidroenergoAJ yangi GESlarni qurish borasida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilmoqda

OzbekgidroenergoAJ yangi GESlarni qurish borasida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilmoqda


Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 20172021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi togrisidagi 2017-yil 2-maydagi 2947-son qarori hamda Ozbekiston Respublikasining 20202022-yillarga moljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi 2020-yil 9-yanvaridagi PQ-4563-son qarorlarini ijro etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchillik bilan kopaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisining elektr energiyasiga bolgan talabni tolaqonli taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki ortasida barqaror gidroenergetika loyihasi doirasida Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi loyihalarini moliyalashtirish uchun 25 yil muddatga 60,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi boyicha zayom kelishuvi imzolandi.

Ushbu hamkorlik doirasida Ozbekgidroenergo AJ boshqaruvi raisi Abdugani Sanginov va Osiyo taraqqiyot bankining Ozbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Sintiya Malvicheni ortasida loyiha kelishuvlari imzolandi.

Mazkur GESlar qurilishiga jalb etilgan kredit mablaglari loyihalar doirasida Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida tender savdolari asosida tanlab olingan bosh pudratchi moliyalashtiriladi.

Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanuvi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-3857-son qarorida belgilangan tartibda OzbekistonRespublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan otkazilgan.

Umumiy qiymati 60,0 mln AQSh dollariga teng Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosnomasiga muvofiq, qurilish va montaj ishlariuchun jalb qilinayotgan kreditning 21,6 mln AQSh dollari, mashina va uskunalari uchun 23,6 mln AQSh dollariga teng qismidan foydalaniladi. Kreditning qolgan mablaglari loyihani boshqarish va salohiyatini oshirish, loyiha oldi xarajatlari hamda yuqori kuchlanish tarmogi uchun foydalaniladi.

Ushbu yangi GESlarni 2022-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Yangi GESlarning umumiy ornatilgan quvvati 24 MVtni tashkil etadi: Rabat GES 6,2 MVt, Chappasuy GES7,5 MVt, Tamshush GES10,3 MVt.

Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida97.5 mln. kVt/soat arzon va ekologik sof elektroenergiya ishlab chiqarilishi hamda yangi GESlarda 40 dan ortiq yangi ish orinlari yaratish, mamlakat energetika balansida gidroenergetika ulushining osishi va yoqilgi resurslarini tejash, tobora oshib borayotgan elektroenergiyaga bolgan talabni qondirish imkonini beradi.

Ozbekgidroenergo AJ tomonidan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan Loyihalar fabrikasi mexanizmini joriy qilgan holda yangidan-yangi loyihalarni uzluksiz ishlab chiqarilishi hamda bu boradagi kolamli ishlar Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Shu orinda jamiyat tomonidan joriy yilda loyihalar fabrikasi boyicha dastlabki umumiy qiymati 1,57 mlrd dollarga teng, quvvati 907,5 MVt bolgan 23 ta investitsiya loyihasi tayyorlanmoqda, shundan qiymati 1,37 mlrd. dollarlik 14 ta loyiha doirasida 637,25 MVt yangi quvvatlar yaratiladi va qiymati 190 mln dollarlik 9 ta loyiha doirasida 270,3 MVt quvvatlar modernizatsiya qilinadi.

Ozbekgidroenergo AJ mamlakatimizda elon qilingan karantin davrida ham karantin talablariga toliq amal qilgan holda aholiga uzluksiz arzon elektr energiyasini yetkazib berish borasidagi faoliyatini jadallik bilan olib borib, shu yilning otgan 7 oyi davomida, umumiy quvvati 22,4 MVt bolgan Shahrixon GESlar kaskadi Janubiy Fargona kanali GES-2 va Qodiriya GESlar kaskadi GES-3ning modernizatsiyasi loyihalarini yakunlab foydalanishga topshirdi.

Yil yakuniga qadar quvvati 95,9 MVtga teng qoshimcha 4 ta loyihani, yani Qamchiq GES va Zarchob kichik GESlar kaskadi GES-1 qurilishi hamda Toshkent GESlar kaskadi GES-9 va Quyi-Bozsuv GESlar kaskadi GES-14 modernizatsiyasini yakunlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yil davomida foydalanishga topshirilgan loyihalar soni 6 taga, qoshimcha quvvatlar hajmi 118,3 MVtga va yaratilgan yangi ish orinlari soni 100 taga yetkaziladi.

Ozbekgidroenergo AJ axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-09-2020, 18:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -