» » Gidroenergetika sohasida xalqaro hamkorlik

Gidroenergetika sohasida xalqaro hamkorlik


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 28-noyabrdagi 4037-son qarori doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida Andijon viloyatida Paytoq kichik GES, Janubiy Farg‘ona Kanali 1A - kichik GES va 2A - kichik GES qurilishi hamda Chorvoq GESning faoliyati xavfsizligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 yil muddatga 55,8 mln yevrolik kredit ajratilishi bo‘yicha zayom kelishuvi imzolandi.

Keyingi bosqichda ushbu kredit mablag‘lari loyihalar doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi protseduralariga muvofiq tender savdolari asosida zamonaviy texnologik uskunalar xaridiga va qurilish ishlariga yo‘naltiriladi.

Umumiy qiymati 52,5 mln yevroga teng Paytoq kichik GES, Janubiy Farg‘ona kanali 1A - kichik GES va 2A - kichik GES qurilishi uchun kreditning 46,5 mln yevroga teng qismidan foydalaniladi.

Ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasi Fransiya taraqqiyot agentligi buyurtmasiga muvofiq ISL, IED, R-plus konsultantlar konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. Investitsiya loyihalari doirasida 11,1 mln yevrolik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi, hamda 26,9 mln yevrolik texnologik uskunalar keltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu yangi kichik GESlarni 2023-yilda foydalanishga topshirish ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi 51,2 mln kVt/soat arzon va ekologik sof elektroenergiya ishlab chiqarish, 15 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, mamlakat energetika balansida gidroenergetika ulushining o‘sishi va yoqilg‘i resurslarini tejash, elektroenergiyaga o‘sib borayotgan talabni qondirish imkonini beradi.

Bundan tashqari Chorvoq GESda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qiymati 33,95 mln yevroga teng GES faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihani moliyalashtirish uchun, jalb qilinayotgan kreditning 9,3 mln yevrolik qismi yo‘naltiriladi.

Respublikamizda ekologik toza, qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ishlab chiqarish manbasi hisoblangan gidroenergetika sohasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ–2947-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” asosida yanada rivojlanmoqda.

Ushbu dasturga muvofiq “Loyihalar fabrikasi” mexanizmini joriy qilgan holda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangidan-yangi loyihalarni uzluksiz ishlab chiqarilishi, xamda Investitsiya dasturiga kiritilib amalga oshirilishi ta’minlanmoqda.

Joriy yilda “loyihalar fabrikasi” bo‘yicha dastlabki umumiy qiymati 1,57 mlrd.dollarga teng, quvvati 907,5 MVt bo‘lgan 23 ta investitsiya loyihasi tayyorlanmoqda, shundan qiymati 1,37 mlrd. dollarlik 14 ta loyiha doirasida 637,25 MVt yangi quvvatlar yaratiladi va qiymati 190 mln dollarlik 9 ta loyiha doirasida 270,3 MVt quvvatlar modernizatsiya qilinadi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi mablag‘laridan tashqari, Osiyo taraqqiyot bankidan 60 mln AQSh dollar va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 80 mln yevro, hamda davlat-xususiy hamkorligi tamoyillari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida nvestitsiya loyihalariga jalb qilinayotgan mablag‘lar va texnlogiyalar manbaalarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.

Joriy yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 1556,2 mln AQSh dollariga teng 19 ta investitsiya loyihasi qariyib 500 mln dollarlik asosan Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilgan xolda amalga oshirilmoqda.

Shu yilning o‘tgan 7 oyi davomida, umumiy quvvati 22,4 MVt bo‘lgan Shahrixon GESlar kaskadi Janubiy Farg‘ona kanali 2-GES va Qodiriya GESlar kaskadi 3-GESining modernizatsiyasi loyihalari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

Yil yakuniga qadar yana quvvati 95,9 MVtga teng qo‘shimcha 4 ta loyihani, ya’ni Qamchiq GES va 1 - Zarchob kichik GES qurilishi hamda Toshkent GESlar kaskadi 9-GESni va Quyi-Bo‘zsuv GESlar kaskadi 14-GESni modernizatsiyasini yakunlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, yil davomida foydalanishga topshirilgan loyihalar soni 6 taga, qo‘shimcha qurilgan quvvatlar hajmi 118,3 Mvtga va yaratilgan yangi ish o‘rinlari 100 taga yetkaziladi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют