» » Indoneziyada niqob taqmaganlar tobutga solib, ko‘chada aylantirilmoqda

Indoneziyada niqob taqmaganlar tobutga solib, ko‘chada aylantirilmoqda


Indoneziyada niqob tartibiga bo‘ysunmaganlar tobut uchun mo‘ljallangan mashinada olib ketiladi va tobutga joylashtiriladi. Bu haqda Jakarta Post mahalliy nashri xabar bermoqda.

Indoneziyaning ayrim provinsiyalarida rasmiylar va ko‘ngillilar aholining niqob taqishni istamagan fuqarolariga qarshi noodatiy usulda kurashishni boshladi. Buning natijasida Sharqiy Yava provinsiyasidagi Probolingo shaharchasida 50 nafar mahalliy bozor savdogari tobut uchun mo‘ljallangan mashinada sayr qildi.

Tekshiruv paytida savdogarlar niqobsiz holda topilgan. Ularga shaxsiy himoya vositalari berilib, maxsus mashinaga chiqarildi. Mashinada COVID-19 kasalligidan vafot etganlar uchun bo‘sh tobut mavjud. Shuningdek, huquqbuzarlarga ma’ruzalar o‘qildi. Shu bilan birga, ularning ayrimlari uch oy mobaynida bozorlar va kanalizatsiya quvurlarini tozalashga hukm qilindi.

Indoneziya poytaxti Jakartada qoidabuzarlar yasama tobutlarga joylashtirildi. Ularni suratga olish mumkin, faqat qoidabuzarga yuzni yopishga ruxsat berilgan.

Qonunan tasdiqlanmagan ushbu tashabbus tez orada mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan to‘xtatildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют