» » Aleksandr Lukashenko prezidentlik kursisida “biroz ko‘p o‘tirib yuborganini” tan oldi

Aleksandr Lukashenko prezidentlik kursisida “biroz ko‘p o‘tirib yuborganini” tan oldi


Aleksandr Lukashenko Belarus prezidentlik kursisida “biroz ko‘p o‘tirib yuborgan bo‘lishi mumkinligi”ni tan oldi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda Butunrossiya davlat teleradioeshittirish kompaniyasi muxbiri Yevgeniy Rojkov Lukashenkoning Rossiya OAVlariga bergan intervyusidan keyin “Rossiya 1” efirida aytdi.

Rojkovning so‘zlariga ko‘ra, Lukshenko bilan intervyuda Belarusdagi noroziliklar sababini so‘ragan. Prezident asosiy sabab sifatida tashqi ta’sir, xususan, amerikaliklar tomonidan ta’sirni ko‘rsatgan. Lekin shu bilan birga belarusliklar noroziligiga sabablar ham borligini tan olgan.

“Men nahotki noroziliklarga faqat tashqi ta’sirlar sabab bo‘lgan deb so‘radim. U ichki sabablar ham borligini aytdi va quyidagilarni ta’kidladi: “Ha, ehtimol, men ko‘p o‘tirvorgandirman. Meni faqat televizordan emas, dazmol va choynakdan ham ko‘rinayotgandirman. Lekin haqiqatan ham ayni paytda Belarusni faqat men himoya qila olaman”, — deb Lukashenko bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni bayon etgan Rojkov.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, Lukashenko norozilik namoyishlarining ikkinchi ichki sababi sifatida Belarusda ikki yangi avlod ulg‘aygani va “kichik burjua sinfi shakllangani”ni ko‘rsatgan. “U aytganidek, burjuachilar. Va bu haqiqatan ham norozilikka olib kelgan. Ular hokimlikka intilmoqchi”, — deya Lukashenkoning fikrlarini keltirgan Rojkov.

Aleksandr Lukashenko Rossiya OAVlariga 8-sentabr kuni Minskda intervyu bergan. Yevgeniy Rojkovdan tashqari u bilan boshqa nashr va radiodan bo‘lgan jurnalistlar ham ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, u 80 foiz ovoz olib oltinchi marta g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga OAVlar va kuzatuvchilar saylovlarda ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini bildirgan. Saylovlardan so‘ng ommaviy noroziliklar boshlangan va hali ham davom etib kelmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют