» » Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Pastdarg’omda o‘g‘lini kambag‘al qilib ko‘rsatgan mahalla raisi bilan bog‘liq holatni o‘rganish uchun bordi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Pastdarg’omda o‘g‘lini kambag‘al qilib ko‘rsatgan mahalla raisi bilan bog‘liq holatni o‘rganish uchun bordi


Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Qo‘qoni” mahallasi raisi o‘g‘lini kambag‘al qilib ko‘rsatgani va mahalladagi kambag‘al oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam namunasi sifatida o‘z uyida 1000 dona jo‘ja boqayotgani bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda. Bu haqda vazirlik tomonidan ma’lum qilindi.

“Kun.uz” nashri “Pastdarg‘omda ‘1000 ta jo‘ja spektakli’: Bosh rollarda prokuror va o‘g‘lini kambag‘al qilib ko‘rsatgan ‘mahallaqo‘m’” nomli maqola e’lon qilgan. Maqolada Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Qo‘qoni” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Husniddin Tursunov mahalladagi kambag‘al oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam namunasi sifatida o‘z uyida boqilayotgan 1000 dona jo‘jani hamda kambag‘al oila vakili sifatida o‘z o‘g‘li Doston Tirkashevni ko‘rsatgani bayon etilgan.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur maqolada keltirilgan holatlar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan voqea joyiga borgan holda atroflicha o‘rganilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha “Qo‘qoni” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda vazirlik rahbariyati ishtirok etib, voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlari ustidan qonun doirasida zarur choralar ko‘rishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, maqolada keltirib o‘tilgan holatlarga huquqiy baho berish bo‘yicha voqea va unda ishtirok etgan mas’ul xodimlar bilan bog‘liq tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar farzandlariga beriladigan yordam puli uchun hujjatlar talab qilinayotgani to‘g‘risidagi xabarga izoh berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют