» » Navoiyda ayol kishi YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqchasini olib qo‘ydi. Prokuratura holat yuzasidan surishtiruv boshladi (video)

Navoiyda ayol kishi YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqchasini olib qo‘ydi. Prokuratura holat yuzasidan surishtiruv boshladi (video)


Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Navoiy shahrida fuqaro va YPX xodimi o‘rtasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy shahri hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Matiz rusumli transport vositasini to‘xtatib tekshirgan vaqtida, haydovchining transport vositasini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. YPX xodimi haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib ketgan. Haydovchi bozorlik qilganligini aytib, yo‘l-yo‘lakay yashash manziliga mahsulotlarni tashlab chiqishini so‘ragan. YPX xodimi odamgarchilik yuzasidan rozi bo‘lgan.

Haydovchi yashash manziliga kirib, opasi bilan qaytib chiqqan va jarima maydonchasiga o‘zi emas opasi borishini aytgan. YPX xodimi haydovchining o‘zi borishini so‘ragan, ammo opasi transport vositasining old o‘rindig‘iga chiqib olgan.

“YPX xodimi avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtida haydovchining opasi sababsiz baqir-chaqir qilib, to‘satdan avtomashina rulini burib yuborgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, xodim transport vositasini to‘xtatgan. Ayol YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqchasini olib, boshqa transport vositasiga o‘tirgan va yo‘l-yo‘lakay bodikamera tugmalarini bosib, o‘chirishga uringan. Bodikamera esa ishlashda davom etgan. YPX xodimi ayolni jahl ustida ekanligini ko‘rgan va ko‘chada tortishmasdan, holat yuzasidan belgilangan tartibda bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan.

Ayol biroz vaqt o‘tib, olib ketgan bodikamerasi va jezl tayoqchasini ko‘tarib viloyat IIB YHXB boshlig‘i qabuliga kelgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qo‘qonda ayol YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan qoidabuzar haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Toshkentda esa YHXBB nosoz Nexia haydovchisi voqeani boshqacha talqin qilishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют