» » Belarus hukumati inqirozdan chiqish rejasini ishlab chiqdi. Unda 2022-yilgacha konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi va yangi saylovlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan

Belarus hukumati inqirozdan chiqish rejasini ishlab chiqdi. Unda 2022-yilgacha konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi va yangi saylovlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan


Belarus hukumati Rossiya hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari bilan birgalikda ichki siyosiy inqirozdan chiqish rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda “RBK” xabar qildi.

Rejada 2022-yilda mamlakat konstitutsiyasiga prezident vakolatlarini qisqartirish, ularni hukumat hamda parlamentga berish, yangidan prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish ko‘zda tutilgan.

28-avgust kuni Venada YeXHT doimiy kengashining Belarusdagi vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Unda Minsk vakili ham ishtirok etgan va konstitutsion islohotlar, yangidan saylovlar o‘tkazish eng to‘g‘ri qaror bo‘lishini ta’kidlagan.

Minsk vakili konstitutsion islohotlar vaqtida Belarus tizimi siyosiy partiyalar, saylov qonunchiligi liberallashuvi bo‘lishiga ishonishini aytib o‘tgan. Konstitutsiyaga Lukashenko saylovlardan avval va’da qilgan xalq muhokamasi, ya’ni referendum asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Belarus konstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar loyihasi allaqachon tayyor bo‘lgan. Loyihani Konstitutsion sud raisining o‘rinbosari Natalya Karpovich rahbarligidagi sudyalar guruhi ishlab chiqqan. Ammo Lukashenko hujjatni hali tasdiqlamagan.

2022-yilda muddatidan avval prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish masalasi Rossiya TIV hamda Belarus o‘rtasida 2-sentabrdagi muzokaralarda ham muhokama qilingan.

“Bu muxolifat taklif qilayotgan tashabbus, biroq jarayon nisbatan xotirjam muhitda o‘tadi”, — degan ekspertlardan biri. Uning qayd etishicha, yangi saylovlar boshlanguniga qadar Lukashenko o‘zi uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlab oladi.

Mavzuga doir: Aleksandr Lukashenko prezidentlik kursisida “biroz ko‘p o‘tirib yuborganini” tan oldi

Lukashenko avval ham bir necha marta konstitutsion islohotlardan keyin saylovlar qayta o‘tkazilishi haqida gapirgan. U 2016-yildan beri mazkur islohotlar haqida va’da berib keladi, ammo ularning qachon va qay tartibda o‘tkazilishiga aniqlik kiritmagan. Lukashenko Konstitutsiyaning yangi tahririni xalq muhokamasiga qo‘yishini ham aytgan, biroq hujjat hanuzgacha jamoatchilik e’tiboriga havola qilinmagan.

Mavzuga doir: Die Welt: Yevropa Ittifoqi Lukashenkoga qarshi sanksiyalar qo‘llashni rad etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют