» » Shota Arveladze: “Bekobodda o‘ynash har doim qiyin”

Shota Arveladze: “Bekobodda o‘ynash har doim qiyin”


“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola Superliga 16-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bekobodda o‘ynash hamisha qiyin. Ular kimga qarshi qanday o‘ynash kerakligini, xalal berishni yaxshi biladi. Dastlabki 30 daqiqada raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Keyin esa bo‘sh hududlar yuzaga keldi. Birinchi gol rikoshetdan keyin urildi. Qanotlarda to‘pni ushlashga va uzatmalarni amalga oshirishga e’tibor berdik. Goldan keyin ochiq o‘yin boshlandi.

Ikkinchi gol o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Biz ham to‘pni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik. Vazifa uch ochko qo‘lga kiritish hamda o‘yinni jarohatlarsiz yakunlash edi.

Mezbonlar ikkinchi bo‘limda hujumga e’tibor qaratdi. Bir necha kundan keyin Qatar safari kutmoqda. Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etamiz. O‘ylaymanki, nafaqat jamoamizning muxlislari balki, barcha ishqibozlik qiladi. Bu kungacha yetib kelishimiz oson bo‘lmadi. Jamoadagi ko‘p futbolchilar koronavirus bilan kasallandi, undan keyin og‘ir taqvim, har uch kunda o‘yin.

Sidiqovning qanotdagi o‘yinidan qoniqdim. Chempionlar Ligasida o‘zimizni yaxshi ko‘rsatishni va muxlislarni xursand qilishni istaymiz. Sherzod A’zamovning jarohati bor edi. U yugurishni boshladi. Oldinda kutayotgan uchrashuvga qadar uni tezroq tiklashga harakat qilamiz.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Ushbu g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 41 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” ishtirokidagi Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinlari Qatarda markazlashgan tarzda o‘tadi. Jamoa 14-sentabrdan o‘yinlarga kirishadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют