» » Dmitriy Peskov Putinning koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan o‘tish imkoniyatini baholadi

Dmitriy Peskov Putinning koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan o‘tish imkoniyatini baholadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya jarayonidan o‘tishga qaror qilsa, xabar beradi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“Agarda Putin buni zarar deb topsa, uning o‘zi sizlarni xabardor qiladi”, — deydi Peskov.

Avvalroq Putin koronavirusga qarshi vaksinani olgan qizi o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan va “Sputnik V” deb nom olgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Ushbu vaksina sinovining 3-bosqichini 2022-yil oxirlariga borib yakunlanishi ma’lum qilingan. 3-bosqichida ishtirok etadigan o‘n minglab ko‘ngillilar barcha zarur muolajalarni ambulatoriya sharoitida o‘taydi.

Mavzuga doir: Rossiyada COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqargan markaz rahbari mamlakatda pandemiya qachon tugashi mumkinligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют