» » Rossiya koronavirusga qarshi vaksina sinovining 3-bosqichini 2022-yil oxirlariga borib yakunlamoqchi

Rossiya koronavirusga qarshi vaksina sinovining 3-bosqichini 2022-yil oxirlariga borib yakunlamoqchi


Rossiyada koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 3-bosqich sinovi 2022-yil oxirlariga borib yakunlash rejalashtirilmoqda. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqdagi tegishli ma’lumot mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari davlat reyestri saytida joylashtirilgan.

Shunday qilib, vaksina sinovi 27 oydan ortiq davom etadi.

Vaksina ishlab chiqargan Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazining direktori Aleksandr Gintsburg bir necha kundan keyin Moskvada sinovlarning 3-bosqichi boshlanishini, sinovlarda ishtirok etayotgan Moskva klinikalari ushbu dorini 3—4-sentabr kunlari qabul qilishini ma’lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, tadqiqotga dastlab o‘nga yaqin tibbiyot muassasalari jalb qilinadi, keyinchalik ular sonini 20 taga yetkazish rejalashtirilgan. Ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan ko‘ngillilarni tanlash yana bir necha kun vaqt talab etiladi. Ulardan tahlil olinib, boshqa kerakli tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Vaksina “Sputnik V” deb nomlandi.

Avvalroq vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi. Keyinchalik Rossiyada xavf guruhiga kiruvchi kishilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yilning noyabr—dekabr oylarida boshlanishi haqida xabar berildi.

Vaksina sinovining 3-bosqichida ishtirok etadigan ko‘ngillilar barcha zarur muolajalarni ambulatoriya sharoitida o‘taydi. Ushbu bosqichdagi sinovlar o‘n minglab odamlarda o‘tkazilishi aytilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют