» » Qashqadaryoda Lacetti va Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri shifoxonada vafot etdi

Qashqadaryoda Lacetti va Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri shifoxonada vafot etdi


Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Lacetti va Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda Nexia haydovchisi vafot etdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 8-sentabr kuni soat 15:00 larda, Qashqadaryo viloyati Koson tumani hududidan o‘tgan 4R-95 mahalliy avtomobil yo‘lining 6-kilometrida haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan Sh.G‘. Lacetti avtomobilini boshqarayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan.

Natijada qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi 25 yoshli D.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Lacetti haydovchisi 26 yoshli Sh.G‘. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют