» » Shirin shahriga 31 yoshli yangi hokim tayinlandi

Shirin shahriga 31 yoshli yangi hokim tayinlandi


Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 9-sentabr kuni navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi, deya xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Abdug‘affor Hojimatov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod qilindi. Abdug‘affor Hojimatov 2019-yil oktabridan buyon Shirin shahriga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Shu kungacha “Yuksalish” umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sarvarbek Sultonov Shirin shahar hokimi etib tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, Sarvarbek Sultonov 1989-yilning 19-iyulda Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Guliston davlat universiteti, 2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistraturasini tamomlagan. “Do‘stlik” ordeni sohibi.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Yetakchi” yoshlar o‘quv markazi Sirdaryo viloyati koordinatori, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi mudiri, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani xalq ta’limi muassasalar faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi uslubchisi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oqoltin tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 118) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют