» » O‘zbekistonda sakkiz oyda oqibati o‘lim bilan tugagan salkam 1000 ta YTH yuz berdi

O‘zbekistonda sakkiz oyda oqibati o‘lim bilan tugagan salkam 1000 ta YTH yuz berdi


O‘zbekistonda 2020-yil yanvar oyidan avgust oyigacha 3 596 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. IIV YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, YTHlar soni 2019-yilning shu davriga nisbatan 12,6 foizga yoki 520 taga kamaygan (o‘tgan yil yanvar—avgust oylarida 4 116 ta YTH sodir bo‘lgan).

2019-yilning yanvar—avgust oylarida oqibati o‘lim bilan tugagan 1 196 ta YTH yuz bergan bo‘lsa, 2020-yilning hisobot davrida bu ko‘rsatkich 17,1 foizga kamayib, 991 tani tashkil qildi. 2020-yilda 1-sentabrga qadar 2 605 ta YTHda fuqarolar tan jarohati olgan (o‘tgan yilga nisbatan 10,8 foiz, 315 taga kam).

YTHlarning 1528 tasi piyodalar, 619 tasi bolalar, 471 tasi velosipedchilar, 108 tasi mototsiklchilar, 112 tasi litsenziyasiz taksilar va 198 tasi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar bilan sodir bo‘lgan. 28,4 foiz holatda avariyalar piyodalarning ko‘chani noto‘g‘ri joyidan kesib o‘tishi oqibatida yuz bergan.

Shuningdek, YTHlarning 17,1 foizi belgilangan tezlik rejimiga rioya qilmaslik, 13,1 foizi velosipedchilarning yo‘l qatnov qismida harakatlanishi, 9,3 foizi haydovchi piyodani sezmagani, 7 foizi beton to‘siqlar yo‘q joyda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, 3,2 foizi haydovchi rulda uxlab qolishi, 2,5 foizi esa mast holda rulga o‘tirish oqibatida kelib chiqqan.

Yo‘l-transport hodisalarining deyarli yarmi yoki 48,9 foizi davlat ahamiyatidagi (mintaqalararo), 28,2 foizi mahalliy va 22,9 foizi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda yuz bergan.

Birinchi sakkiz oy ichida eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan — tegishli davrda 550 ta YTH qayd etilgan (bu 2019-yilning shu davriga nisbatan 6,6 foizga yoki 39 taga kam). Kuchli uchlikdan Toshkent viloyati (429 ta avariya; 26,8 foizga kamaygan) va Toshkent shahri (396 ta; 12,4 foizga kamaygan) bormoqda.

Samarqand va Namangan viloyatlarida YTHlar soni oshgan: Samarqand viloyatida 2020-yil yanvar—avgustida o‘tgan yilga nisbatan 1,6 foiz ko‘p — 378 ta avariya qayd etilgan, Namangan viloyatida esa avariyalar soni o‘tgan yilga nisbatan 19,5 foizga ko‘payib, 374 taga yetgan.

Eng kam pasayish Surxondaryo viloyatida kuzatilgan — viloyatda 2019-yilning tegishli davrida 248 ta YTH sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yil 163 ta avariya qayd etilgan (o‘tgan yilga nisbatan 34,3 foizga kam). Qashqadaryoda esa 163 ta avtofalokat ro‘yxatga olingan — taqqoslash uchun, o‘tgan yili 224 ta (21,9 foizga ko‘p) YTH sodir bo‘lgan edi.

Qo‘shimcha qilishlaricha, 2020-yilning yanvar—avgust oylarida ro‘yxatga olingan jami 3 596 yo‘l-transport hodisasining 76,6 foizi kunduzi, 23,4 foizi esa tunda qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning qanchasi o‘lim bilan yakunlangani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют