» » “Alovuddinning sehrli chirog‘i”dagi go‘zal malika Budurni ijro etgan aktrisaning hayoti qanday kechdi? (foto)

“Alovuddinning sehrli chirog‘i”dagi go‘zal malika Budurni ijro etgan aktrisaning hayoti qanday kechdi? (foto)


Malika Budur nafis go‘zalligi bilan “Alovuddinning sehrli chirog‘i” filmi orqali barchaning yodida qolgan. Ammo rol ijrochisi kim, uning taqdiri va boshqa filmdagi ijrolari haqida jamoatchilikka hech narsa ma’lum emas. Buning ham sababi bor, chunki uning aktrisalik faoliyati bor yo‘g‘ uchta roldan iborat. U so‘nggi rolini 30 yoshida ijro etdi va shu bilan ekranlarda boshqa ko‘rinish bermadi.

Malika Budur – Dodo Chogovadzening otasi gruzin, onasi esa rus millatiga mansub bo‘lib, ikki millat go‘zalligi aks etgan  aktrisa 1951-yil dunyoga keldi. Uning ilk roli “Kichkina ritsar” filmidagi bosh qahramon obrazi bo‘ldi. Keyinchalik aktrisa Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asari asosida suratga olinayotgan filmda bosh qahramon roliga taklif etildi, afsuski, obraz 13 yoshli Dodoning yoshiga mos kelmadi va uni rad etishga majbur bo‘ldi.

Oradan bir yil o‘tib, Dodoni “Alovuddinning sehrli chirog‘i” filmiga takilf qilishdi, endigina 14 yoshga kirgan aktrisa haqiqiy yoshini yashirib, o‘zini bir yilga kattaroq ko‘rsatdi va kinoda suratga tusha boshladi. Yosh aktrisa filmdagi ayrim sahnalarni amalga oshirishga qiynalgani uchun uzoq vaqt rejissor Boris Ritsarevdan dars olar edi.

Qiz uzoq vaqt sirini saqlay olmadi, aynan suratga olish jarayonida 15 yoshga to‘lgan qizning hamkasblari va ijodiy guruh Dodoni 16 yoshi bilan tabriklaydi. Lekin Dodoning vijdoni qiynalib, yig‘lab yubordi va qochib ketdi. So‘ngra suratga olish maydonchasiga qaytib, o‘zining yoshini qo‘shib aytganini tan oldi va suratga olish guruhining kulgisiga sabab bo‘ldi.

“Men suratga olish davomida ko‘p yig‘laganman. Masalan yiqilib tushganimda, rejissor sog‘ligimdan xavotir olib, dublyor tayinlagan, ? deydi aktrisa. ? Dastlab buning sababini tushunmaganman, keyinchalik o‘rnimga boshqa aktrisani qo‘ymoqchi bo‘lganini bilganman. Shuningdek, kulgili holatlar ham ko‘p bo‘lgan. Biz ustimizdagi liboslar va grimlarga suratga olish jarayoni tugamaguncha tegmas edik. Filmda qanday ko‘rinishda bo‘lsak, shunday holda Yalta ko‘chalarida yegulik yeb yurar edik”.

Film aktrisaga katta shon-shuhrat keltirdi. Rejissor Boris Ritsarev yosh aktrisa bilan yana hamkorlikda ishlash niyatida “Suv parisi” va “Aelita” film ssenariylarini yozdirdi. Ammo ssenariy muallifi Aleksandr Chervinsko siyosiy masala bilan qamoqqa olindi va suratga olish ishlari ham to‘xtatildi.

Dodo 23 yoshida musiqachi va xonanda David Shushaninga turmushga chiqdi va ularning bir qizi bor. Shundan so‘ng u 30 yoshida “Osmonda ‘Tungi alvastilar” filmida suratga tushdi va shu bilan kinodagi faoliyatini yakunladi.

69 yoshga kirgan Dodo Chogovadze hozirda Tbilisida yashaydi, u Teatr universitetida sahna harakat kafedrasida murabbiy bo‘lib ishlaydi. Aktrisani katta film haqidagi orzulari hamon tark etmagan. U o‘ynagan rollarini mamnuniyat bilan yodga oladi, rejissorlar tomonidan esa uzoq vaqtdan beri taklif tushmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют