» » Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Shokirjon Boltaboyev Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tayinlovga qadar Shokirjon Boltobayev Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Manzura Yunusova o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Andijon viloyati Asaka, Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют