Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning 5 ta shahrida sezildi
Tojikistonda 9-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:16 da zilzila yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 9-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:16 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi 88 kilometr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, epimarkazdagi silkinish kuchi 5 ballni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 489 kilometr janubiy-sharqiy yo'nalishda joylashgan.
Zilzila O'zbekistonning quyidagi shaharlarida sezilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1-sentabr kuni Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida qayd etilgan zilzila ham O‘zbekistonda sezilgandi. 7-sentabr kuni esa O‘zbekistonda 3,8 balli zilzila yuz berdi. 8-sentabr kuni Farg‘onada 2 balli zilzila kuzatildi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
