» » O‘zbekistonda xizmat davomida koronavirusga chalinib, tuzalgan tergovchilar rag‘batlantirildi

O‘zbekistonda xizmat davomida koronavirusga chalinib, tuzalgan tergovchilar rag‘batlantirildi


O‘zbekiston tergov tizimidagi faoliyati davomida koronavirus kasalligiga chalinib, undan tuzalgan tergovchilar rag‘batlantirildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

“Tizimning barcha xizmatchilari bilan birga tergov sohasi xodimlari ham xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, qonunbuzarlikka qarshi kurashish, jinoyatlarni tergov qilish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, qonuniy hal qilishda fidoyilik va kasb mahoratini namoyon etib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, xizmat davomida fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgani sababli COVID-19 kasalligini yuqtirgan xodimlar davolanib, yana xizmatni davom ettirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Tergov departamenti rahbariyati tashabbusi bilan jinoyatlarni tergov qilish va boshqa masalalarda fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib koronavirus infeksiyasiga chalingan 20 nafar xodimga sog‘lig‘ini tiklashi uchun maxsus fonddan 1 million so‘m miqdorida moddiy yordam puli berildi.

“Xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, qonunbuzarlikka qarshi kurashishda o‘zini namoyon etgan bir qator xodimlarga Tergov departamentining maxsus qo‘l soatlari va xizmatda foydalanish uchun noutbuklar topshirildi”, — deyiladi departament xabarida.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus qurboni bo‘lgan ichki ishlar xodimlari “Jasorat” medali bilan mukofotlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют