» » Norvegiyalik deputat Donald Trampga Nobel mukofoti berishni taklif qildi

Norvegiyalik deputat Donald Trampga Nobel mukofoti berishni taklif qildi


Norvegiya parlamenti a’zosi Kristian Tibring-Geddening fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp davom etayotgan nizolarni yechishdagi hissasi uchun tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofotini olishga munosib. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“O‘ylashimcha, xalqlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga urinib, u tinchlik yo‘nalishidagi boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ish qildi”, — deya ma’lum qilgan Norvegiya parlamenti a’zosi va Norvegiyaning NATOdagi delegatsiyasi raisi Kristian Tibring-Gedde.

Tibring-Gedde Nobel qo‘mitasiga xat yo‘llagan va unda Tramp ma’muriyati Isroil va BAA o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishida asosiy rol o‘ynaganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, norvegiyalik deputatning maktubida aytilishicha, AQSh prezidenti nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishida va boshqa davom etayotgan nizolar bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar yuz berishida asosiy rol o‘ynagan, Shimoliy Koreyaning yadro potensiali muammosini hal qilishda ham Trampning o‘rni muhim bo‘lgan.

Bundan tashqari, deputat Yaqin Sharqdan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilgani uchun Trampni maqtagan. Tibring-Gedde Trampning ko‘nglini topishga urinmayotganini ta’kidlab, uning tarafdori emasligini aytgan.

“So‘nggi yillarda tinchlik mukofotini olganlar Donald Trampga qaraganda ancha kam ish qilgan. Masalan, Barak Obama (AQShning sobiq prezidenti) hech narsa qilmagan”, — dedi deputat.

Tibring-Gedde 2018-yilda yana bir norvegiyalik siyosatchi bilan Trampning nomzodini tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti uchun ilgari surgan, biroq o‘shanda Tramp bu mukofotni olmagan.

2020-yilning avgust oyida AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayan Isroil va BAA o‘rtasidagi diplomatik kelishuv uchun Donald Trampning nomzodini Nobel mukofotiga qo‘yishga chaqirgan.

2019-yilning sentabr oyida BMTning Bosh Assambleyasida Donald Tramp agar Nobel mukofoti adolatli berilganida, u mukofotni olishini aytgan.

Barak Obama 2009-yilda “xalqaro diplomatiya va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi favqulodda harakatlari” uchun tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofotini olgan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va BAA rasmiylari tinchlik kelishuviga erishgani haqida ma’lum qilgandi. Rasmiy kelishuv 2020-yilda AQShda imzolanadi. Shuningdek, BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi. BAA Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishgan kam sonli arab mamlakatlaridan biri hisoblanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют