» » “Seni ham, uni ham o‘ldiramiz va ishni bir parcha qog‘oz bilan yopib yuboramiz”. Chiroqchi IIBda qiynoqqa solingan fuqaro IIB xodimi tahdidi haqida gapirdi

“Seni ham, uni ham o‘ldiramiz va ishni bir parcha qog‘oz bilan yopib yuboramiz”. Chiroqchi IIBda qiynoqqa solingan fuqaro IIB xodimi tahdidi haqida gapirdi


Chiroqchida IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklanishi oqibatida vafot etgan marhum Yusuf Abdurahmonov bilan sheriklikda gumonlangan hamda IIB xodimlari tomonidan kaltaklangan Bahrom Avliyoqulov uni o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilinganini ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, Oliy sud sudyasi K.Tolliboyev raisligidagi sud majlisida jabrlanuvchi sifatida ishtirok etgan Bahrom Avliyoqulov IIB xodimi unga o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilganini ochiqlagan.

Sudda jabrlanuvchi sifatida ishtirok etayotgan Bahrom Avliyoqulovning aytishicha, unga bu gapni Jasur Rahmonov ismli xodim aytgan.

“Seni ham, uni ham o‘ldiramiz va ishni bir parcha qog‘oz bilan yopib yuboramiz dedi”, — deydi o‘lim bilan tahdid qilgan xodim haqida gapirgan Bahrom Avliyoqulov.

Bahrom Avliyoqulovning sudda ta’kidlashicha, tuman IIB xodimi Jasur Rahmonov unga shu gapni aytgach, “dubinka” olib kelgan va uni urgan.

Bahrom Avliyoqulovning ayblovini eshitgan Jasur Rahmonov uning gapini rad etdi va uni sudda yolg‘on guvohlik berayotganini bildirdi.

“Men bunday demaganman. Bunday deyishim uchun Bahrom Avliyoqulovda yo qasdim bo‘lishi kerak yoki shu jinoyatga aloqam bo‘lishi lozim. Men IIBda terrorizm va ekstremizm yo‘nalishida ishlayman. Menga bu jinoyatning ochilishi yoki ochilmasligining daxli yo‘q”, — dedi Jasur Rahmonov.

Avvalroq Jasur Rahmonov 2020-yil 22-yanvar kuni tuman IIBda navbatchilik qilgan Farid Yodgorovdan “protivogaz” olib ketgani va, taxminan, bir soatdan so‘ng qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, sud 2020-yilning 10-sentabr kuni soat 9:30 ga qadar tanaffus e’lon qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 01:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют