» » OTB va YuNISEF O‘zbekistonga 952 ming dollarlik tibbiyot vositalarini topshirdi

OTB va YuNISEF O‘zbekistonga 952 ming dollarlik tibbiyot vositalarini topshirdi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va BMT Bolalar fondi (YuNISEF) 9-sentabr kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga umumiy qiymati 952 ming dollarga teng yana bir partiya tibbiyot vositalarini topshirdi. Bu haqda OTB va YuNISEFning mamlakatdagi vakolatxonalariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

YuNISEF OTBning moliyaviy ko‘magida va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga qarayotgan tibbiyot xodimlari uchun individual himoya vositalarini sotib olgan. Uning ichidan 71,1 ming kombinezon va 8000 baxila, shuningdek, laboratoriya testlarni o‘tkazish uchun RNA Mini reagentlar to‘plami o‘rin oldi.

“O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat karantin cheklovlari yengillashtirilganiga qaramay yaxshilanmoqda. Biroq biz hamon ehtiyot choralariga rioya qilishimiz kerak, chunki aholi orasida kasallik tarqalish darajasi oldingidek yuqoriligicha qolmoqda”, — deydi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Sindi Malvichini.

Yetkazib berilgan vositalar O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘ylab taqsimlanadi.

Avvalroq Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 20 ta kislorod konsentratorlarini yetkazib bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi yo‘llarni yaxshilashga 270 mln dollardan ortiq pul ajratdi

Eslatib o‘tamiz, iyun oxirida OTB O‘zbekistonga COVID-19 pandemiyasi davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar miqdorida kredit berishni ma’qullagandi. Kredit kelishuvi ham imzolangan. Shuningdek, 13-iyulda O‘zbekiston hukumati va Jahon banki mamlakat qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 500 million dollarlik qarz bitimini imzolagan. 14-iyulda esa Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya tizimini modernizatsiya qilishga 200 million dollar ajratishi ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют