» » JSST O‘zbekistonga 500 ta kislorod konsentratori yetkazib berdi

JSST O‘zbekistonga 500 ta kislorod konsentratori yetkazib berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi Birdamlik va COVID-19’ga javob berish global jamg‘armasi orqali tashkilot Bosh qarorgohi tomonidan xarid qilingan, umumiy qiymati 300 ming AQSh dollariga teng insonparvarlik yukining navbatdagi partiyasini JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida mamlakatga yetkazib berdi.

Ma’lum qilinishicha, Istanbul reysi orqali 500 ta kislorod konsentratori yetkazib berildi. Hafta oxirida laboratoriya ishlari uchun zarur bo‘lgan sarflanadigan materiallardan iborat yana bir yuk kelishi kutilmoqda.

“Pandemiyaning boshidan JSST vakolatxonasi BMT hamkor agentliklari bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan yaqindan ishlab kelmoqda. Kerakli asbob-uskuna va himoya vositalarini yetkazib berish — bu mamlakatga ko‘rsatilayotgan ko‘makning bir qismidir.

Bulardan tashqari, JSST shifokorlar, hamshiralar, boshqa tibbiy xodimlar malakasini oshirishga, laboratoriya xodimlarini o‘qitishga, xalqaro tajribadan foydalangan holda davolash protokollarini tuzishda ko‘maklashishga, koronavirus infeksiyasi to‘g‘risidagi doimiy ravishda yangilanib borayotgan xalqaro axborotni erkin olish imkoniyatini ta’minlashga katta e’tibor qaratmoqda”, — deb tushuntirdi JSSTning O‘zbekistondagi vakili, doktor Lian Kuppens.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Toshkentga insonparvarlik yuklarini jo‘natishni muntazam ravishda amalga oshiryapti. Masalan, iyulda mamlakatga umumiy qiymati 4 million AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan yuklar yetkazib berildi. O‘z ichiga yuz uchun 619 400 ta himoya qalqonchasi va 2 176 000 dona jarrohlik niqobini olgan birinchi partiya 8-iyulda yetib keldi.

Tibbiyot xodimlari uchun 17-iyulda quyidagi shaxsiy himoya vositalari qabul qilindi: 95 200 dona himoya ko‘zoynagi, 178 000 dona himoya kombinezoni, 12 000 dona jarrohlik niqobi va 1 064 000 dona KN95 respirator niqobi. 24-iyulda poytaxtga 38 400 dona test-tizimi va boshqa laboratoriya asbob-uskunasi yetkazib berildi.

Asbob-uskunalar va himoya vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga taqdim qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют