» » “Barselona” Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

“Barselona” Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi


“Lion” klubi va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi.

Italiyalik insayder Fabritsio Romanoning xabar qilishicha, “Barselona” futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Endilikda gap klublarning transfer borasida o‘zaro kelishuvga erishishida qolgan.

Depayni katalonlarning yangi ustozi Ronald Kuman o‘z jamoasida ko‘rishni xohladi. Bundan tashqari “Barselona” yana bir niderlandiyalik futbolchi Jorjinyo Veynaldum (“Liverpul”) transferi borasida ham ishlamoqda.

Depay 2019/20-yilgi mavsumda Fransiya chempionatida 22 o‘yin o‘tkazib 15 ta gol urishga erishdi. Memfis dekabr oyida jiddiy jarohat oldi va faqat koronavirusdan keyingi restartdan so‘ng safga qaytdi. 2020/21-yilgi mavsumning ilk o‘yinida futbolchi “Dijon” darvozasiga uchta to‘p kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют