» » Die Zeit: Navalniyni Rossiya maxsus xizmatidagilar zaharlagan. U “Novichok”ning yangi turi ta’sirida samolyotda jon berishi kerak edi

Die Zeit: Navalniyni Rossiya maxsus xizmatidagilar zaharlagan. U “Novichok”ning yangi turi ta’sirida samolyotda jon berishi kerak edi


Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyga “Novichok” zaharining yangi turi bilan suiqasd uyushtirilgan. Mazkur modda avvalgilariga nisbatan xavfliroq. Bu haqda Die Zeit nashri ismini oshkor etmagan manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Navalniyni zaharlagan kishilar uni samolyotda o‘ldirishni maqsad qilgan. Siyosatchi omadli tasodiflar zanjiri sabab omon qoldi — uchuvchining tezkor harakati va samolyotni qo‘ndirishi, shifokorlarning bemorga juda tez atropin dorisini yuborgani shular jumlasidan.

Die Zeit’ning yozishicha bunday o‘ta yangi zahar ishtirokidagi operatsiyani faqat Rossiya maxsus xizmatidagilar amalga oshirishi mumkin. Oddiy jinoyatchilar bunday murakkab ishni qila olmaydi, shuningdek, xorij davlatlarining razvedka xizmatlari ham Rossiya hududida murakkab voqeani sahnalashtirishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, sababi Navalniy doimiy ravishda kuzatuvda bo‘ladi.

“Bu haqiqatga yaqinroq shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi: aynan Kreml Navalniyni yo‘ldan chetlatish haqida buyruq bergan”, — deyiladi Die Zeit ma’lumotida.

Nashrning qayd etishicha, nemis shifokorlari zahar qoldiqlari Navalniy oxirgi marta suv ichgan idishdan va siyosatchining qo‘llaridan topilgan. Germaniya hukumati siyosatchini kuzatib yurgan agentlardan biri ichida choy bo‘lgan finjonga zaharni solgan bo‘lishi yoki modda choy damlanayotgan vaqtda idish ichiga solingan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Rossiya hukumatining rasmiy vakillari Navalniydan Omskda olingan tahlillar, uning organizmida zahar bo‘lmaganini ko‘rsatgan. Meduza o‘tkazgan surishtiruvga ko‘ra, Omskda Navalniyning zaharlangani yuzasidan dastlabki tashxis qo‘yilgan va shu sababli ham unga tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida atropin dorisi yuborilgan.

Germaniya hukumati 2-sentabrda Bundeseverdagi maxsus laboratoriyada o‘tkazilgan o‘rganishlarda tahlillarning Navalniy organizmida “Novichok” turiga mansub zahar borligini ko‘rsatganini rasman e’lon qilgan. Shuningdek, Germaniya hukumati Rossiyadan ushbu vaziyat yuzasidan tushuntirish berishni so‘ragan.

Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumati Navalniy zaharlanishi bilan bog‘liq jiddiy savollarga javob berishi kerakligini aytdi. Muxolif siyosatchiga qilingan suiqasd Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyani ham g‘azablantirdi. London Navalniyga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanilishini “ablahona ish” deb atadi. Vashington aybdorlarga nisbatan moliyaviy cheklovlar qo‘llashga va’da berdi.

Aleksey Navalniy 20-avgustdan buyon koma holatida edi. 7-sentabrda Berlindagi “Sharite” klinikasi shifokorlari rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyni tibbiy koma holatidan chiqardi va sekin-asta sun’iy nafas oldirish apparatidan ajratgan. Uning ahvoli Tomsk—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan reys vaqtida og‘irlashib qolgan, samolyot favqulodda Omskka qo‘ngandi. Komadagi dastlabki ikki kunni siyosatchi Rossiyaning Omsk shahridagi klinikada o‘tkazdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Siyosatchining safdoshlari hodisaning boshidan buyon uning zaharlanganini aytib kelmoqda. Ularning gumon qilishicha, rossiyalik shifokorlar siyosatchining organizmida zahar izini topish qiyin bo‘lishi uchun uni ataylab klinikada ushlab turgan va ketishiga ruxsat bermagan bo‘lishi mumkin.

“Sharite” klinikasi shifokorlari Navalniy yetib kelganidan keyin ikki kun o‘tib uning xolinesteraza ingibitorlari guruhidan bo‘lgan modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют