» » Germaniya Navalniyning zaharlanishiga oid ma’lumotlarni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yubordi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyaga taqdim etilmaydi

Germaniya Navalniyning zaharlanishiga oid ma’lumotlarni Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yubordi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyaga taqdim etilmaydi


Germaniya rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniydan olingan laboratoriya tadqiqotlari namunalari natijalarini Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga (OPCW) topshirdi, deb xabar beradi Der Standard.

Germaniya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Berlin ushbu ma’lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyaga berish niyatida emas, chunki Rossiya shundoq ham OPCW a’zosi hisoblanadi.

O‘z navbatida, Germaniya Vazirlar Mahkamasi rasmiy vakili Martin Fitsning ta’kidlashicha, “hozirda kerak bo‘lgan ma’lumot Germaniyada emas, balki Rossiyada mavjud”.

Avvalroq Navalniyni zaharlagan kishilar uni samolyotda o‘ldirishni maqsad qilgani, siyosatchi omadli tasodiflar zanjiri sabab omon qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Die Zeit: Navalniyni Rossiya maxsus xizmatidagilar zaharlagan. U “Novichok”ning yangi turi ta’sirida samolyotda jon berishi kerak edi

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni Germaniya hukumati Navalniy Rossiyada “Novichok”ga o‘xshash modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan. Siyosatchi davolanayotgan “Sharite” klinikasi shifokorlarining so‘roviga binoan o‘tkazilgan testlar natijalaridan shunday xulosaga kelingan.

Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumati Navalniy zaharlanishi bilan bog‘liq jiddiy savollarga javob berishi kerakligini aytdi. Muxolif siyosatchiga qilingan suiqasd Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyani ham g‘azablantirdi. London Navalniyga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanilishini “ablahona ish” deb atadi. Vashington aybdorlarga nisbatan moliyaviy cheklovlar qo‘llashga va’da berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют