» » Butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 900 ming kishidan oshib ketdi

Butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 900 ming kishidan oshib ketdi


Butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 900 ming kishidan oshdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqtda kuzatib kelayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 27,6 million kishidan oshgan, 18,6 million bemor hozirga qadar sog‘aygan.

Kasallikka chalinish holatlarining aksariyati AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 6,3 million. Undan keyingi o‘rindan Hindiston (4,3 million) va Braziliya (4,1 million) o‘rin olgan. To‘rtinchi pog‘onada 1 milliondan ortiq kasal bilan Rossiya joylashgan bo‘lib, uning ortidan Peru (696 ming) va Kolumbiya (679 ming) ketmoqda.

O‘zbekistonda 10-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 45 160 kishiga yetdi. O‘tgan bir kechada yana ikki kishi COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 368 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 382 nafarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 7-sentabr kuni 27 milliondan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют