» » Habib Nurmagomedov Jastin Getjining Toni Fergyusondan ustun jihatlarini aytdi

Habib Nurmagomedov Jastin Getjining Toni Fergyusondan ustun jihatlarini aytdi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov bo‘lajak raqibi Jastin Getji haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Getji Fergyusonni qay ahvolga solganini o‘zingiz ko‘rdingiz. U Tonini barcha jabhada yengdi. Getji Toni Fergyusondan ancha yosh, motivatsiyaga boy va yutuqlarga o‘ch.

U oyoqda juda yaxshi turadi va kurashi ham joyida. Uning hech qaysi raqibi kurash borasida xavf tug‘dira olmagan. Biroq men uning barcha raqiblaridan ajralib turaman. U endi boshqa jangchi bilan to‘qnashishga majbur.

Treshtok? (jangdan avval raqibiga haqoratli gaplar aytish) Ha, hamma narsa bo‘lishi mumkin, biroq men bunday narsalarni yoqtirmayman. Agar menga tegilmasa, bu ishni qilmaslikka harakat qilaman.

Jastin bilan juda yaxshi tanishmiz, u menga 2016-yildagi jarohat va operatsiyadan keyingi tanaffus vaqtida vazn qilishimga yordam bergan.

Unga faqat hurmat bilan qarayman — bu yigit o‘z maqsadiga erishdi va vaqtinchalik chempion hisoblanadi. Unga hech qanday savolim yo‘q.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, Habib va Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni “Jangchilar oroli”da o‘tkaziladigan UFC 254 musobaqasida bo‘lib o‘tadi.

Jastin Getji va Habib Nurmagomedov ijrosidagi eng sara janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют