» » Dushanbeda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning o‘zbek-tojik munosabatlarini mustahkamlashdagi o‘rni muhokama qilinadi

Dushanbeda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning o‘zbek-tojik munosabatlarini mustahkamlashdagi o‘rni muhokama qilinadi


Dushanbeda 14—15-sentabr kunlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning o‘zbek-tojik munosabatlarini mustahkamlashdagi o‘rni muhokama qilinadi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Qayd etilishicha “Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlash va rivojlantirishdagi roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya Tojikiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadi.

Unda Tojikiston va O‘zbekistondan bo‘lgan siyosatshunoslar, ekspertlar, olimlarning katta guruhi ishtirok etadi. Konferensiya yakunlariga ko‘ra Toshkent va Dushanbeda u yerda qilingan ma’ruzalarni o‘z ichiga olgan o‘zbek, tojik va rus tillaridagi risolalar nashr etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda 11-oktabr kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Dushanbeda 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Tojikiston Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasining navbatdagi qurultoyida mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmon prezidentlik sayloviga nomzod sifatida ilgari surilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют