» » O‘zbekistonda 7 soatda 313 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 7 soatda 313 kishida koronavirus aniqlandi


O‘zbekistonning 3 hududida 7 soat davomida 313 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bugun, 10-sentabr soat 17:00 gacha mamlakatda jami 543 nafar odamda kasallik aniqlangan. Bu 20-avgustdan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Kun oxirigacha bu ko‘rsatkich yana ortishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 45 ming kishidan oshdi

Mamlakatda 21-avgustdan 9-sentabr kunigacha (512 kishi) koronavirusga chalinish holatlari 500 nafardan oshmayotgan edi. Shuningdek, bugun, 10-sentabr kuni 17:00 gacha 297 kishi kasallikdan sog‘ayib chiqdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 10-sentabr 17:00 da bergan ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni jami 45 473 nafarga yetgan. Bemorlarning 93 foizi yoki 42 509 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

“Daryo” hisobi bo‘yicha 384 kishi ushbu kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют