» » Dunyodagi eng ommabop mobil ilova nomi ma’lum qilindi

Dunyodagi eng ommabop mobil ilova nomi ma’lum qilindi


Qisqa videolarni yaratish va tomosha qilishga mo‘ljallangan TikTok servisi dunyodagi eng mashhur ilova deb topildi. TikTok 2020-yilning avgust oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p yuklab olingan mobil ilovaga aylangan, deb yozadi Sensor Tower.

TikTok AppStore va Google Play do‘konlari eng ko‘p yuklab olingan mobil ilovalar orasida peshqadamlik qilmoqda.

Yoz faslining so‘nggi bir oyining o‘zida ilova 63,3 million marotaba yuklab olingan. Foydalanuvchilarning asosiy qismi Braziliya va Indoneziya hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Apple foydalanuvchilar orasida ommaboplik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Zoom ilovasi ketayotgan bo‘lsa, Android foydalanuvchilarida esa — Snack Video (TikTok muqobili).

Shuningdek, yetakchilar qatoridan Facebook, Instagram va WhatsApp ham o‘rin olgan.

Avvalroq investorlar Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagani, 1-avgustda Microsoft TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani va AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqni mamlakat hududida taqiqlash niyatida ekanligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: TikTok birinchi bor o‘z auditoriyasi haqida ma’lumotlarni oshkor etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют