» » TikTok birinchi bor o‘z auditoriyasi haqida ma’lumotlarni oshkor etdi

TikTok birinchi bor o‘z auditoriyasi haqida ma’lumotlarni oshkor etdi


TikTok AQSh hukumati bilan davom etayotgan mojarolar fonida foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etdi, deb xabar beradi CNBC.

TikTok auditoriyasining dunyo bo‘ylab o‘sishi:

Iyul oyida global auditoriya oyiga 700 million faol foydalanuvchiga yetgan, avgust holati bo‘yicha ilova butun dunyo bo‘ylab 2 milliard marotaba yuklab olingan.

Avgust oyining boshlarida Tramp TikTok’ni taqiqlash bo‘yicha farmonga imzo chekkan edi — videoservis amerikalik foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini Xitoy hukumatiga taqdim etishda gumon qilingan.

Eslatib o‘tamiz 2019-yilda Instagram ham TikTok’ka o‘xshash Reels dasturini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: TikTok AQShdagi taqiqlar xavfi sabab Tramp administratsiyasini sudga berdi

Avvalroq investorlar Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagani, 1-avgustda Microsoft TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani va AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqni mamlakat hududida taqiqlash niyatida ekanligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют