» » Zangiota–Chilonzor yo‘nalishida kira qilmoqchi bo‘lgan Damas haydovchisidan 500 dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

Zangiota–Chilonzor yo‘nalishida kira qilmoqchi bo‘lgan Damas haydovchisidan 500 dollar talab qilgan shaxslar ushlandi


Toshkent viloyatida fuqaroni o‘z avtomobilida Zangiota–Chilonzor yo‘nalishida kira qilishi uchun undan 500 AQSh dollari talab qilgan ikki firibgar daliliy ashyo bilan ushlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIBB.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 5-sentabr kuni fuqaro F.M. viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilib, shaxsiy Damas avtomashinasida qonunda belgilangan tartibda davlat bojlari va boshqa to‘lovlarni to‘lab, Zangiota–Chilonzor yo‘nalishi bo‘ylab kira qilish maqsadida ishga chiqmoqchi bo‘lganida unga o‘zini Nodir va Nosir deb tanishtirgan noma’lum shaxslar bu yo‘nalishda ishlashi uchun undan 500 AQSh dollari talab qilganini ma’lum qilgan.

Buning evaziga ikki shaxs F.M.ning harakatlanish vaqtida hech qanday muammoga duch kelmasligini aytgan. Murojaat qiluvchi ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

IIBB JQB xodimlari tomonidan 7-sentabr kuni Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 31 yoshli N.S. va 24 yoshli N.M. arizachi F.M. dan kelishilgan pullarning 400 AQSh dollarini olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Tadbir davomida fuqaro N.S. xolislar ishtirokida tekshirilganda uning yonidan og‘irligi (ekspertiza xulosasiga asosan) 50 gramm bo‘lgan giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB tomonidan fuqaro N.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- moddasi (firibgarlik) va 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan, fuqaro N.M. ga nisbatan 168-modda (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют