» » Navoiyda giyohvand moddani Qur’on kitobi ichiga solib sotmoqchi bo‘lgan mulla O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ishlamasligi ma’lum qilindi

Navoiyda giyohvand moddani Qur’on kitobi ichiga solib sotmoqchi bo‘lgan mulla O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ishlamasligi ma’lum qilindi


Navoiy viloyatida giyohvand moddani sotish uchun Qur’oni karimdan foydalangan mulla qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi mazkur xabarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu holatni tezkorlik bilan o‘rganib, mazkur qo‘lga olingan shaxs diniy idora tizimida mutlaqo ishlamasligi to‘g‘risida tegishli ommaviy axborot vositalari va internet manbalari mas’ullariga xabar berdi.

“Ta’kidlash zarurki, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim noxushliklarni muborak Islom dini, masjid yoki imom-domlalarga bog‘lash holatlari kuzatilmoqda, bu ish gunoh hisoblanadi.

Jinoyat qilgan odamning har qanday holatda ham dinga bo‘lgan munosabatini oldingi sahnaga olib chiqmaslik kerak. Bu odam jinoyat qilgan bo‘lsa, qonuniy jazosini oldi. Biroq har qanday imkoniyatdan foydalanish ilinjida masjid yoki imomni yomon otliq qilishga urinish og‘ir gunoh. Har bir ijodkor mazkur mavzularda so‘z yuritar ekan, tasavvurida Alloh taolo va uning rasuli, Islom dini qadr-qimmati paydo bo‘lsa, so‘z aytish mas’uliyatini yanada teranroq anglaydi”, — deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют