» » Navoiyda giyohvand moddani Qur’on kitobi ichiga solib sotmoqchi bo‘lgan mulla qo‘lga tushdi

Navoiyda giyohvand moddani Qur’on kitobi ichiga solib sotmoqchi bo‘lgan mulla qo‘lga tushdi


Navoiy viloyatida giyohvand moddani sotish uchun Qur’oni karimdan foydalangan mulla qo‘lga olindi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1969-yilda Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan fuqaro 1800 dollar evaziga tanishiga 3,84 gramm “opiy” giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda Navoiy viloyati IIB va DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Xabar berilishicha, fuqaro giyohvand moddani sotishda Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni karimdan foydalangan. U 2 grammga yaqin giyohvand moddani mazkur kitobning ichiga yashirgan.

Qo‘lga olingan fuqaroning aytishicha, u mazkur ishning noto‘g‘ri ekanligini bilgan, biroq xayoli buzilgani uchun shu ishni qilgan.

Tergov-surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, mazkur jarayonda giyohvand modda ta’minotchisi 1972-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan toshkentlik fuqaro bo‘lgan. U sudlanishidan oldin ham, sudlanib chiqqanidan keyin ham tojikistonlik tanishidan giyohvand modda olib, uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

Giyohvand moddaning xaridori sifatida mazkur holat bo‘yicha qo‘lga olingan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u kasalligi sababli bir gramm giyohand moddani 3-4 kun iste’mol qiladi.

Navoiy viloyati IIB tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida avval ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq insoniylik tamoyillari qo‘llanilib, ular sud zalidan ozod qilingan.

Qilmishidan tegishli xulosa qilmagan bu fuqarolar yana jinoyatga qo‘l urgan. Hozirgi paytda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют