» » DXX Surxondaryoda salkam 45 kg giyohvand moddani chegaradan olib o‘tishga uringan Afg‘oniston fuqarolarini qo‘lga oldi

DXX Surxondaryoda salkam 45 kg giyohvand moddani chegaradan olib o‘tishga uringan Afg‘oniston fuqarolarini qo‘lga oldi


Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyati hududiga noqonuniy o‘tgan fuqarolar qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

Afg‘oniston fuqarolari — 1984-yilda tug‘ilgan Oqmurod Qurbon o‘g‘li va 1997-yilda tug‘ilgan Abdulmannon Muhammadnazar Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ular 35,345 kilogramm opiy, 5,21 kilogramm gashish hamda 4,51 kilogramm geroin — jami 44,417 kilogramm miqdordagi giyohvand moddani O‘zbekiston hududiga olib kirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223, 273 va 246-moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi 45 yoshli Isroil G‘aniev Namangan shahrida yashovchi 46 yoshli Bahodir Nizomboevdan 2,162 kilogramm bo‘lgan opiy giyohvand moddasini sotib olayotgan vaqtda ushlangan.

Aniqlanishicha, Bahodir Nizomboev mazkur giyohvand moddani Qirg‘izistondagi “Jenis” ismli tanishi orqali kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga olib o‘tgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют