» » Samarqand shahar IIB mas’uli: “Xotiniga pampers yedirgan er yarashish bilan qutilolmaydi”

Samarqand shahar IIB mas’uli: “Xotiniga pampers yedirgan er yarashish bilan qutilolmaydi”


Samarqandda xotiniga zo‘ravonlik qilib, unga pampers yedirgan fuqaro Sh.K.ga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilmagan. Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga ko‘ra, ushbu jinoyat ishini yarashtirish bilan ham tugatib bo‘lmaydi. Bu haqda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Damir Sultonov mazkur masalaga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Brifingda so‘z olgan Damir Sultonovning ta’kidlashicha, xotiniga zo‘ravonlik qilgan erga Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g” bandi (Qasddan badanga o‘ta shafqatsizlik bilan o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“22-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu holatdan bugun ko‘pchilik yaxshi xabardor. Xotiniga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan Sh.K. 2020-yil 24-avgust kuni ushlanib, sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu shaxs qamoqdan qo‘yib yuborilibdi, er-xotinni yarashtirish chorasi ko‘rilar ekan, degan gap-so‘zlar tarqalmoqda. Ammo bu gaplar asossiz. Sh.K.ga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilmagan. Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga ko‘ra, ushbu jinoyat ishini yarashtirish bilan ham tugatish imkonsiz”, — dedi Damir Sultonov.

Podpolkovnik Damir Sultonov aybdor jazosiz qolmasligini qo‘shimcha qildi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fikrlarga javoban shuni aytmoqchimanki, biz jinoyat ishini dastlabki to‘plangan tergovoldi hujjatlariga asosan 105-modda (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish) bilan qo‘zg‘atganmiz. Hozirda jabrlanuvchi va gumon qilinuvchini, guvohlarni so‘roq qilyapmiz. Ekspertiza xulosalari olingan. Barcha ko‘rsatma va vajlar tekshirilmoqda. Ish bo‘yicha aniqlangan holatlarning hech biri e’tibordan chetda qolmaydi. Bu jinoyat ishiga qo‘shib boriladi. Ayni paytda ish tergov jarayonida bo‘lgani, tergov siri degan tushunchalar borligi sababli barcha holatlarni oshkor eta olmaymiz”, — dedi Damir Sultonov.

Eslatib o‘tamiz, mazkur voqea jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, Samarqand shahar hokimligi eri xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan ayolni yarashtirmoqchi ekanligini aytdi. Senat esa holatni nazoratga olganini bildirdi.

Mavzuga doir: Samarqand IIB eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayolni o‘z himoyasiga oldi. Uni ish bilan ta’minlab, yangi uy olishida ham ko‘maklashishini va’da qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют