» » Toshkentda transformer shaklidagi paxta terish mashinalari namoyish etildi

Toshkentda transformer shaklidagi paxta terish mashinalari namoyish etildi


Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan press-tur davomida TZST CE 220 paxta terish mashina-transformeri namoyish etildi.

CE-220 transformer shaklida ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, mavsumda paxta terish mashinasi sifatida qolgan paytda universal-haydov traktori sifatida foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga, mashina terimiga ajratilgan dalalarning qatorlar orasi kengligiga mos ravishda (76 sm yoki 90 sm) paxta terish mashinasi agregati kengligini sozlash mumkin.

Zavod 2019-yilda CNHI (AQSh) kompaniyasi bilan birgalikda ushbu mashinasi-transformerni ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan. Loyiha “CNHI RND” konstruktorlik-texnologik markazi bilan hamkorlikda “New Holland TD5.110” modelidagi traktorlar yangi avlodi bazasida amalga oshirilgan.

2020-yili tajriba sifatida 50 dona chiqarib terim-maydonlarida sinadik, o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Unumdorligi yuqori. Fermer uni olganidan so‘ng, mavsum tugagach, alohida ajratib boshqa maqsadlarda ishlatishi mumkin. Paxta terim mashinasiga traktor kabinasi va qolgan qismlarini qadoqda yetkazib beriladi.

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi investitsiya va mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Mirzali Sheraliyev

Terim apparatidagi ikki tomonlama baraban hamda “Extenda-Wear™” gorizontal shpindellarining uch pog‘onali tishlari paxta xomashyosini samarali terishni, shpindeldan yengil yechilishini va uzoq muddatli sifatni ta’minlaydi. Yangi avlod paxta terish mashinasi ish unumdorligi kuniga 20 tonnagacha bo‘lib, 400 nafargacha terimchi o‘rnini bosa olishi ma’lum qilindi. Ishlatishda qulayligi - nisbatan katta bo‘lmagan dalalarda ham tera oladi. 2020-yilgi paxta terish mavsumiga 850 dona paxta terish mashinasi, jumladan, 550 dona TZST CE 220 ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Mirzali Sheraliyevning ma’lum qilishicha, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan past foizli kredit mablag‘lari hisobiga SE-220 rusumli paxta terish mashinalari 10 yil muddatga, MX-1.8 rusumli paxta terish mashinalari esa 7 yil muddatga ustuvor ravishda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilmoqda. Mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan oshdan taqdirda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga 15 foizlik subsidiya beriladi, ya’ni to‘langan mablag‘ning 15 foizi davlat tomonidan qoplanadi. Shuningdek, ularni lizing asosida xarid qilish imkoni mavjud. Paxta terim mashinalarining darajasi bugungi kunda 20 foizdan oshirilishiga erishilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют