» » Hamidjon Aktamov: Hakam bizni sindirdi, biz bunday natijaga loyiq emasdik

Hamidjon Aktamov: Hakam bizni sindirdi, biz bunday natijaga loyiq emasdik


“Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov Coca-Cola Superliga 14-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi kechgan bahsdagi mag‘lubiyatdan (0:4) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bilmadim... Birinchi bo‘limda hakam bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydi, bilmadim, hakamning bizda qasdi bormi?! O‘tgan turda ham hakamlarning qurboni bo‘ldik. Tezroq VAR’ni olib kelish kerak. To‘g‘ri, himoyadagi xato sababli 3-daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordik, biroq tezda javob qaytargandik. Hakamlar esa golni inobatga olmadi. Ko‘rmagan emish... Narigi tomondagi hakam esa vaziyatni hal qilyapti. Men ham ko‘rib, eshitib turibman-ku. Mening yonimdagi hakam narigi yarim maydondagi vaziyatga aralashyapti. O‘tgan davrada Namangandagi o‘yinda ham darvozamizga yo‘q joydan penalti belgilangandi. Hakamlar bizni yomon ko‘radimi deyman. Erkin Boydullayevga qarshi yaqqol qoida buzilishida ham hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Ko‘p joylarda hushtaksiz o‘yinlar boshlanib ketdi. Hakamlar juda ko‘p xatolikka yo‘l qo‘ydi. Ular birinchi bo‘limning o‘zida bizni sindirdi. Futbolchilarga ham yo‘q joydan sariq kartochkalar berildi.

Hakamlarning g‘alati qarorlari futbolchilarimning ruhiyatiga ta’sir qildi. To‘g‘ri, xatolar yo‘q emas. Bahs yuqori tempda o‘tdi, “Nasaf” kuchli o‘ynadi. Lekin biz ham bunchalik yirik hisobga loyiq emasdik.

O‘yinga yaxshi tayyorlangandik. Hakam esa bizni juda erta sindirdi. Ko‘rib turib, tushunmayapman. Nega? Nima sababdan? Biz bunday natijaga loyiq emasdik.

“Qizilqum”ning inobatga olinmagan goli yirik hisob bo‘lib ketishiga ta’sir ko‘rsatdimi? Albatta, ta’sir ko‘rsatdi. Futbolchi mehnat qilyapti, yuguryapti. Ikkinchi golga ham yaqin kelgandik. Fol bo‘lgan paytda hakam 3 metrdan turib olib, o‘yinni davom ettirishni talab qilyapti. Qachongacha hakamlar shunday qilaveradi, bilmadim.

“Nasaf” jamoasining kelajagi juda porloq. Yigitlarning omadini bersin. Kucherenko akademiyadan zo‘r futbolchilarni yetishtirib beryapti. Shu odam kasalxonada betob bo‘lib yotgan ekan. Tezroq tuzalib, ishga qaytishini tilab qolaman. Shunday natijalarda Kucherenkoning qilgan faoliyati ko‘rinadi.

Hamidjon Aktamov, “Qizilqum” bosh murabbiyi

Birinchi bo‘lim burchak zarbasidan keyin yuzaga kelgan vaziyatda “Nasaf” himoyachisi to‘pni darvoza chizig‘i ustida qaytarib yubordi, mazkur holat mehmonlar shikoyatiga sabab bo‘ldi.

“Qizilqum” 14-turdan keyin 10 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Surxon” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют